SportUz.Tv

Ramazon Temirovdan nokaut bo'lgan CHarlz Jonson hamyurtimizni yana tanqid qildi

26.11.2026 17:45    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik UFC jangchisi CHarlz Jonson yurtdoshimiz Ramazon Temirovning Yaponiya vakili Kiodji Xoriguchini jangga chorlaganiga munosabat bildirdi.

Xoriguchi Doxadagi UFC Fight Night turnirida qozog'istonlik Asu Almabaevni mag'lubiyatga uchratgandi. SHundan keyin Ramazon Temirov UFC'dan Xoriguchiga qarshi jang tashkil qilib berishni so'ragandi.

"U doping bilan qo'lga tushib, bir yilga chetlatilgani, shunga qaramay reytingda o'zidan pastdagi raqiblar bilan biror marta ham jang qilmagani g'alati emasmi?", deya bunga munosabat bildirgan Jonson.

Eslatib o'tamiz, Ramazon Temirov UFC'dagi ilk jangini aynan CHarlz Jonsonga qarshi o'tkazib, nokaut orqali g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: