
"Biz Xokitning Jonsga qarshi jangini ko'rishni xohlaymiz. Ular o'zaro munosabatlarga oydinlik kiritishi kerak. Ehtimol, bu UFC tarixidagi eng buyuk janglardan biri bo'ladi. Konor va Xabib o'rtasida bo'lgani kabi, hamma narsa shaxsiy tus olganda, bu katta miqyoga chiqadi. Bu erda ham hammasi shaxsiylashib ketdi.
Buning ustiga, gap og'ir vazn toifasi haqida ketmoqda. Nimagadir odamlar og'ir vazndagilarning janglarini ko'proq ko'rishni xohlashadi. Jons — tarixdagi eng buyuk jangchi, Xokit esa superyulduzga aylanib bormoqda.
Jons va Korme o'rtasidagi qarama-qarshilik juda keskin edi, ammo u hech qachon bunday darajaga etmagan. Konor va Xabib o'rtasidagi mojaroga din va oila ham aralashgan. Ular bir-birlariga nisbatan eng kuchli nafratni his qilishgan. Hozirgi vaziyat ham xuddi shu yo'nalishda rivojlanmoqda. Hozircha mojaro bunday darajaga etishi uchun etarlicha vaqt o'tmadi, ammo bu ham sodir bo'ladi", — dedi O’Melli.

"Ko'chadagi jangda qoidalar bo'lmaydi". Braziliyalik sportchi Nurmagomedovni qo'llab-quvvatladi