SportUz.Tv

Entoni Joshua nima sababdan Usikning mashg'ulot lageridan ketganini tushuntirdi

25.11.2026 18:42    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi jang oldidan Aleksandr Usikning mashg'ulot lagerini tark etish sababini tushuntirdi.

"Bir kuni kechqurun bog'da yolg'iz o'tirib, jang va nima qilmoqchi ekanim haqida o'yladim. CHunki ular 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda jang qilishimizni xohlashgan edi. Vaqtim kamligini o'yladim va ich-ichimdan men ko'rsatmoqchi bo'lgan jang uslubi uchun nimanidir o'zgartirishim kerakligini his qildim.

SHuning uchun Ben Devidson va havaskor boks bo'yicha murabbiyim SHon Myorfi bilan gaplashdim. Bu haqiqatan ham juda qiziqarli bo'ladi, deb ishonaman, chunki hozir mashg'ulotlarda rejalarim amalga oshmoqda", — dedi Joshua.

Eslatib o'tamiz, Joshua 11 dekabr kuni Kardiffda Tayson Fyuriga qarshi jang qiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: