
Ushbu o'yinda chililik forvard Aleksis Sanches juda chiroyli gol urdi. Hujumchi o'yindan so'ng mahalliy OAVga intervyu berdi.
"Biz Milan derbisida yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo mag'lubiyatga uchradik. Bu o'yin biz uchun dars bo'ldi. "Inter" o'ziga ishonadi, biz buni "Roma" bilan o'yinda isbotladik. Menga keladigan bo'lsak, maydonda ko'proq o'ynashni xohlayman. Qancha ko'p o'ynasam, shuncha o'zimni yaxshi his qilaman", - deydi chililik.
Hujumchi joriy mavsum "Inter" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Top yarim engil vaznlilar UFC Fight Night 269 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi + POSTER
"U hatto yaxshi orzu qilishni ham bilmaydi". Topuriya - Maxachevning uni mag'lub etishi haqida