
Hamyurtimiz mazkur tashkilotdagi ilk jangini 12 aprel kuni Yaponiyaning Fukuoka shahrida tashkil etiladigan RIZIN Landmark 13 turnirida o'tkazadi. Unga musobaqa doirasida yaponiyalik Ryuya Fukuda raqiblik qiladi.
Bu Azizbek uchun RIZIN bilan shartnomasi bo'yicha 3 ta jangidan birinchisi hisoblanadi. Jang eng engil vazn toifasida o'tkaziladi.
Azizbek Temirov faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, 5 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Fukuda hisobida esa 26 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.

"Ov qilaman. Uni tutib olishim kerak". Irji Proxazka - Ulbergga qarshi rejasi haqida gapirdi