SportUz.Tv

Ilhom Nazimov "yapon Makgregori"ni jangga chorladi

04.03.2026 12:54    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik MMA ustasi, engil vazn toifasida Yaponiyaning RIZIN Ligasi chempioni Ilhom Nazimov navbatdagi jangi uchun raqib izlamoqda.

U "yaponiyalik Konor Makgregor" taxallusi bilan tanilgan Ren Xiramoto bilan jang qilish istagini bildirdi.

Malum bo'lishicha, Nazimov mazkur bahsning Last Man Standing qoidalari asosida o'tishini istayapti. Bunday holatda jangda raundlar bo'lmaydi, ochkolar hisoblanmaydi, aksincha, bir sportchi o'rnidan tura olmaydigan holatga kelgunicha davom etadi.

Ilhom Nazimov faoliyati davomida 16 ta MMA jangini o'tkazgan va 13 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Xiramoto hisobida esa 4 ta g'alaba hamda 3 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: