SportUz.Tv

"Paxtakor" polshalik futbolchini transfer qildi

26.07.2022 18:25    


Rasmni yuklab olish

Polshalik 25 yoshli hujumchi Pshemislav Banashak "Paxtakor" bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi.

Bungacha Lenchnaning "Gurnik" klubida o'ynab kelgan hujumchi "Paxtakor"ga transfer qilindi. O'tgan mavsumda Banashak "Gurnik" bilan Polsha yuqori divizionida ishtirok etgan. So'nggi uch mavsumda Pshemislav ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. 

Faoliyati davomida "CHelmianka" va "Vidzev" klublari safida ham to'p tepgan. Banashak "Paxtakor"da o'ynaydigan polshalik birinchi futbolchiga aylanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: