SportUz.Tv

La Liga. 2 ta qizil ko'rsatilgan o'yinda “Valensiya” 5:1 hisobida zafar quchdi (+jadval)

05.09.2022 10:25    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya chempionati 4-turida “Valensiya” o'z maydonida “Xetafe”ni qabul qilib, 5:1 hisobida g'alabaga erishdi.

“Ko'rshapalaklar” safida himoyachi Toni Lato, yarim himoyachilar Samuel Dias Lino, Niko, hujumchilar Samuel Kastilexo hamda Ugo Duro gol urishdi. Raqiblardan himoyachi Pedro Gaston Alvares Sosa o'yinning oxirgi daqiqalarida javob to'pini kiritdi.

SHuningdek, jamoalar uchrashuvni 10 kishidan bo'llib yakunlashdi. Avvaliga, mezbonlardan Ilays Moriba ikkinchi sariqni oldi, keyin esa Mauro Arambarri maydondan chetlatildi.

Ushbu g'alabadan keyin Jennaro Gattuzo shogirdlari ochkolari sonini 6 taga etkazib, turnir jadvalida 10-o'ringa ko'tarildi.

"Valensiya" – "Xetafe" 5:1 (3:0, 2:1)

"Mestalya" stadioni

Gollar: 1:0 – 7 Toni Lato, 2:0 – 14 Lino, 3:0 – 16 Kastilexo, 4:0 – 65 Niko Gonsales, 5:0 – 68 Duro, 5:1 – 78 Alvares.

"Valensiya" – Mamardashvili, Terri Korreyya, Djemert, Diakabi (Moskera, 74), Toni Lato (Fulke, 70), Gilyamon, Niko Gonsales (Almeyda, 70), Musa, Kastilexo (Moriba, 70), Markos Andre (Duro, 24), Lino.

"Xetafe" – Soriya, Iglesias, Djene (Mitrovich, 29), Duarte, Anxileri, Alenya (Munir, 46), Arambarri, Seoane (Alvares, 46), Unal (Mata, 77), Mayoral, Portu (Maksimovich, 46).

Ogohlantirishlar: Alenya (10), Arambarri (41), Kastilexo (45), Mayoral (54), Munir (57), Mitrovich (71), Moriba (75).

CHetlatishlar: Moriba (88), Arambarri (90).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: