SportUz.Tv

Pike: "Agar "Barselona" men bilan shartnomani uzaytirmaganida, 28 yoshda faoliyatimni yakunlagan bo'lardim"

11.11.2022 10:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" sobiq futbolchisi Jerar Pikening aytishicha, agar "ko'k-anorranglilar" u bilan kelishuvni uzaytirishdan bosh tortishganida, faoliyati 28 yoshda tugagan bo'lardi.

35 yoshli himoyachi futbolchilikdagi so'nggi o'yinini Primera 13-turida "Almeriya"ga qarshi o'tkazdi (2:0).

"Faoliyatni yakunlash? Men har doim agentimga "Barselona"ni tark etmasligimni aytardim. Agar rahbariyat men bilan shartnomani uzaytirmasligini aytganida, 28-29 yoshda faoliyatimni yakunlagan bo'lardim. Menda boshqa motivaciya yo'q edi", — dedi Pike.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: