
Bugun Turin klubi direktorlar kengashining yangi tarkibi elon qilinadi, 18 yanvardan boshlab funkcionerlar o'z vazifalarini bajarishga kirishadilar.
Noyabr oyi oxirida prezident Andrea Anelli boshchiligidagi sobiq direktorlar kengashi istefoga chiqdi. Mauricio Skanavino "byankoneri"ning yangi bosh direktori etib tayinlandi. Katta ehtimol bilan u endi boshqaruvchi direktor lavozimini egallaydi. Klubning boshqaruv tuzilmasi o'zgaradi. Demak, direktorlar kengashida avvalgidek 10 emas, 5 yoki 6 kishi bo'ladi. Seshanba kuni klubning yangi byudjeti tasdiqlanadi.
Avvalroq Turin prokuraturasi "Yuventus"ning sobiq rahbariyatiga qarshi ayblovlarni ilgari surgan edi.
Jervonta Devis "tatildagi chempion" deb elon qilindi, WBA kamari uchun kimlar jang qilishi malum