SportUz.Tv

Jervonta Devis "tatildagi chempion" deb elon qilindi, WBA kamari uchun kimlar jang qilishi malum

27.06.2026 17:51    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) 2024 yildan beri Jervonta Devisga tegishli bo'lgan engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini vakant, yani egasiz deb elon qildi (bungacha u 2019 yildan beri WBA Regular kamariga ega edi).

Bu borada WBA tomonidan elon qilingan bayonotda aytilishicha, tashkilot Devisning "huquqiy holatini o'rganib chiqdi" va qonun bilan bog'liq muammolar unga "qisqa va o'rta muddatli istiqbolda chempionlik majburiyatlarini bajarishga" imkon bermaydi, degan xulosaga keldi. 

Eslatib o'tamiz, Devis hozirda 2025 yil oktyabr oyida sobiq turmush o'rtog'iga hujum qilgani uchun sudlanmoqda. 

Bo'sh qolgan kamar endi WBA reytingining birinchi va ikkinchi raqamli jangchilari Floyd Skofild (19-0, 13KO) va Lukas Badi (20-0, 15KO) o'rtasida o'ynaladi.

Jervonta Devis WBA tomonidan "tatildagi chempion" maqomini oldi, bu unga ringga qaytishga tayyor bo'lganida amaldagi chempion bilan darhol jang qilish huquqini beradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: