SportUz.Tv

8 nafar o'zbekistonlik MMA ustalari Octagon 88 turnirida jang qilishadi ONLAYN

27.06.2026 19:03    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Konaev shahrida MMA bo'yicha Octagon 88 turniri o'tkazilmoqda.

Musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Odilxon Kamolov Tojikiston vakili Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) bilan to'qnash keladi. Jang ikki sportchi uchun trilogiya maqomida o'tadi.

Ikkinchi asosiy bahsda esa yana bir yurtdoshimiz Bobur Abdulazizov qirg'izistonlik Marsel Nurlanbek Uulu bilan bellashadi.

SHuningdek, turnir asosiy kardi doirasida Og'abek "Saturn" Abdumo'minov qozog'istonlik Aktilek Jolshibekov bilan, Samandar Reimbaev esa Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi Muhammadali Nurusov bilan jang qiladi.

Mazkur sahifa orqali turnirda ishtirok etayotgan vakillarimizning jang natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin.



SAHIFANI YANGILASH



Interim BMF kamari uchun: Odilxon Kamolov (O'zbekiston, 10-5) - Qamariddin "Kamil Karate" Hasanov (Tojikiston, 9-4)

Oraliq vaznda: Bobur Abdulazizov (O'zbekiston, 23-12) - Nurjan Akishev (Qozog'iston, 17-5-1)

Yarim engil vaznda: Og'abek "Saturn" Abdumo'minov (O'zbekiston, 5-1) - Aktilek Jolshibekov (Qozog'iston, 1-0)

Engil vaznda: Muhamedali Nurusov (Ozarbayjon, 2-1) - Samandar Reimbaev (O'zbekiston, 2-2)

Engil vaznda: Izzatillo Qodirov (O'zbekiston, 4-1) - Tazabek Bayanov (Qozog'iston, 6-0)

Yarim engil vaznda: Eziz Durduev (Turkmaniston, 1-1) - Bobirjon Isroilov (O'zbekiston, 1-1)

Og'ir vaznda: Karim Yusupov (Qirg'iziston, 1-0) - Nurulloxon Abdullaev (O'zbekiston, 3-0)

Yarim o'rta vaznda: Jamshid Sayfutdinov (O'zbekiston, 1-0) - Nurkanat Sag'atbek (Qozog'iston, 3-0).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: