SportUz.Tv

Masharipovning jamoasi 10-turning markaziy o'yinida durang qayd etdi

27.12.2022 08:46    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistoni Professional ligasining 10-turida "Al-Nassr" jamoasi "Al Hilol"ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi dastlabki gol Odion Igalo hisobiga yozildi. Ikkinchi taym boshlarida Taliska hisobni tenglashtirdi. Al Dossarining penaltidan urgan zarbasi "Al Hilol"ni hisobda yana oldinga olib chiqdi, biroq G'aribning 88-daqiqadagi goli o'yin durang bilan yakunlanishini taminladi.

Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ushbu bahs qaydnomasiga kiritilmagani sabab o'yinda ishtirok etmadi.

"Al-Nasr" - "Al-Hilol" 2:2

Gollar: Taliska 56, G'arib 88 - Igalo 10, Al Dossari 65.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: