
Hamyurtimiz Baku mezbonlik qilayotgan UFC Fight Night 280 turniri doirasida rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundlik o'rta vazn toifasidagi bellashuvda Nursulton raqibini ilk raunddayoq sabmishen orqali taslim etdi.
Bu orqali Ro'ziboev faoliyatidagi 37-g'alabasini nishonlagan bo'lsa, Andrey Pulyaev 5-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.