SportUz.Tv

APL. "Manchester Yunayted"dan yirik g'alaba

28.12.2022 08:23    


Rasmni yuklab olish

Angliya Premer ligasi 17-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" – "Nottingem Forest" uchrashuvida yirik hisob qayd etildi.

"Old Trafford"da Erik ten Xag shogirdlari raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Reshford, Marsyal hamda Fred tomonidan kiritilgan gollar "qizil iblislar"ga yirik g'alabani taqdim etdi. 

SHu tariqa, MYU o'z hisobidagi ochkolarni 29 taga etkazib oldi. Hozircha ular jadvalda 5-o'rinda borishmoqda. Ammo, 4-pog'onadagi "Tottenxem"dan bitta kam o'yin o'tkazilgan va oradagi farq bor yo'g'i 1 ochko.

Manchester Yunayted – Nottingem Forest 3:0

"Old Trafford" stadioni

Gollar: M.Reshford 19, A.Marsyal 22, Fred 87

"Manchester Yunayted": De Xea, Uan-Bissaka, Varan (Maguayr, 77), SHou, Malasia, Eriksen (Fred, 77), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Marsyal (van de Bek, 65), Reshford (Elanga, 86), Antoni (Garnacho, 65).

"Nottingem Forest": Xennessi, Ore (Uilyams, 74), Boli, Uorrell, Lodi (Toffolo, 62), Froyler, Mangalya (Dennis, 63), Yeyts, Lingard (O`Brayen, 53), Avoniyi (Serrij, 62), Jonson.

Ogohlantirishlar: Malasia (27), Eriksen (74), Garnacho (83) - Mangalya (29)


Angliya Premer ligasi turnir jadvali >>> APL



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: