SportUz.Tv

“Al Nassr” Ronaldu haqidagi xabarni rad etib, bayonot berdi

11.01.2023 10:00    


Rasmni yuklab olish

Krishtianu Ronaldu 2030 yilgi mundial uchun Saudiya Arabistoni elchisi bo'lmaydi.

Avvalroq, “Al Nassr” forvardi JCH-2030 uchun Saudiya Arabistoni elchisiga aylanishidan 200 mln evro ishlab olishi xabar qilingandi. Biroq, riyodliklar buni rad etib, portugaliyalikning shartnomasida JCH-2030 uchun hech qanday majburiyatlar yuklatilmaganiga oydinlik kiritdi.

“Uning (Ronaldu) asosiy etibori “Al Nassr”ga qaratilgan va jamoadoshlari birgalikda klubning muvaffaqiyat qozonishi uchun ko'maklashadi”, deyiladi klub bayonotida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: