SportUz.Tv

Islam Maxachev - Yen Gerri jangini kim sug'urtalashi malum

26.06.2026 14:15    


Rasmni yuklab olish

15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining asosiy jangi uchun zaxira varianti aytildi.

UFC yarim o'rta vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Maykl Morales aynan UFC 330 turniri doirasida navbatdagi jangini o'tkazishiga qaramay, Islam Maxachev - Yen Machado Gerri jangini sug'urtalaydi. 

Bu haqda mag'lubiyatsiz ekvadorlik jangchi sport sharhlovchisi Karlos Legaspiga bergan intervyusida malum qildi.

"UFC menga Islam Maxachev va Yen Gerri o'rtasidagi jangda kimnidir almashtirishimni aytdi. Lekin o'sha kuni o'zim ham jang o'tkazaman. To'g'ri, hozir rasman raqibim aytilmadi. Kimdir Karlos Prates haqida gapirsa, kimdir divizionimizdagi boshqa jangchining nomini tilga oladi. Lekin men: kimni berishlari menga baribir, dedim. Har qanday holatda ham 15 avgustgacha vazn qilaman. Har qanday holatda ham tarozi marosimida vazn o'lchashga chiqaman. Xudo xohlasa menga shu kuni kamar uchun jang qilish imkoniyati berilsa, buni bajonidil amalga oshiraman", - dedi Morales.

O'tgan hafta Karlos Prates keyingi jang uchun shartnoma olganini malum qilgandi. Maykl Moralesning bayonotidan kelib chiqib, yarim o'rta vazn toifasidagi davogar jang UFC 330 turnirida bo'lib o'tadi va uning ishtirokchilaridan biri yoki ikkalasi ham asosiy tadbirni sug'urta qiladi, deb taxmin qilish mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: