
Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida ozarbayjonlik Rafael Fiziev hamda meksikalik Manuel Torres o'rtasida bo'lib o'tadi. Har ikki jangchi tarozida belgilangan vazn meyorini bajardi. Ular bir xilda - 70.76 kg tosh bosdi.
Ahamiyati jihatidan turnirning ikkinchi jangi o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Unda rossiyalik SHarabutdin Magomedov va braziliyalik Mishel Pereyra oktagonni o'zaro bo'lishadi. SHara Bullet 84.37 kg, Pereyra esa 84.14 kg vazn qayd etdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev Boku turnirining prelim kardida rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga chiqadi. Ikkala jangchi ham vazn meyorini bajarish barobarida bir xilda - 84.37 kg vazn ko'rsatdi. Jang o'z kuchida qoldi.

UFC Fight Night 280 tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Rafael Fiziev (70.76 kg) – Manuel Torres (70.76 kg)
SHarabutdin Magomedov (84.37 kg) – Mishel Pereyra (84.14 kg)
Mateus Kamilo (70.76 kg) – Nazim Sadixov (70.76 kg)
Asu Almabaev (57.15 kg) – CHarlz Jonson (56.93 kg)
Ikram Aliskerov (84.37 kg) – Brunno Ferreyra (83.91 kg)
Abusupiyan Magomedov (84.14 kg) – Mixal Oleksiychuk (84.37 kg)
Prelim kard janglari
Farman Xasanov (77.34 kg) – Erik Nolan (77.34 kg)
Julius Uoker (93.44 kg) – Abdul-Rahman Yaxyoev (93.44 kg)
Andrey Pulyaev (84.37 kg) – Nursulton Ro'ziboev (84.37 kg)
Kaan Ofli (66.22 kg) – Xaver Reyes (66 kg)
Teodor Berggren (77.56 kg) – Daniil Donchenko (77.34 kg)
Bekzat Almaxan (61.69 kg) – Jan Macumoto (61.46 kg)
Taxir Abdullaev (77.34 kg) – Jefferson Nasimento (77.56 kg)

UFC Fight Night 280. Nursulton Ro'ziboev rus raqibi bilan bir xil vazn qayd etdi (To'liq natijalar)