SportUz.Tv

"Bavariya" Firminoni sotib olishni rejalashtirgani yo'q

12.01.2023 17:46    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul"ning braziliyalik hujumchisi Roberto Firmino "Bavariya"ga o'tmaydi.

Klub rahbariyati futbolchi sotib olishdan manfaatdor emas, deb xabar berdi Goal.com.

Ayni damda myunxenliklar darvozabon Manuel Noyerga o'rinbosar qidirmoqda. Aleksandr Nyubel 36 yoshli futbolchining o'rniga asosiy davogar sifatida ko'rilmoqda.

Firmino "Liverpul" safida 2015 yilning yozidan buyon to'p tepadi. Uning mersisaydliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u 13 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: