SportUz.Tv

Boksni sog'inib ringga chiqyapman - Lazizbek Mullojonov

30.05.2026 14:06    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Lazizbek Mullojonov prof boksda navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.

27 yashar hamyurtimiz kecha Toshkent mezbonlik qilgan prof boks kechasida Venesuela vakili Luis Xose Marin Garsiya bilan jang qilib, muddatidan avval g'alabaga erishgan edi.

"Professional boksda janglarim orasi uzoq bo'lib qolgani uchun boksni sog'inib qolgandim. Havaskorlar boksida musobaqalar tez-tez bo'lib turardi. Professional boksda raqiblar rozi bo'lishi, pul masalalari bor. Bu shou degani, biznes degani. SHu tomondan biroz qiyin bo'lyapti. SHuning uchun, boksni sog'inib ringga chiqyapman", deydi Mullojonov.

Hozirda Lazizbek hisobida prof boksdagi sakkizta jangda qo'lga kiritilgan sakkizta g'alaba mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: