SportUz.Tv

Bilol Muhammad ACBJJ bilan shartnoma imzoladi

30.05.2026 18:30    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Bilol Muhammad greppling va jiu-jitsu bo'yicha dunyoning etakchi ligalaridan biri sanalgan ACBJJ bilan shartnoma imzoladi.

Turli yo'nalishlardagi jiu-jitsu va greppling bahslarini tashkil etishga ixtisoslashgan Liga amerikalik jangchining rosterga qo'shilganini rasman elon qildi.

Hozirda 37 yoshli Bilol Muhammad UFC'da ikki mag'lubiyatli seriyani boshidan kechirmoqda. U avval chempionlik jangda Jek Della Maddalenaga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan bo'lsa, ehtimoliy davogarlik maqomini belgilab beruvchi to'qnashuvda Ien Machado Garriga ham ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi.

SHunga qaramay, amerikalik sportchi UFC yarim o'rta vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turibdi. U kelasi hafta UFC Fight Night turnirining markaziy jangida braziliyalik Gabriel Bonfimga qarshi oktagonga ko'tariladi.

ACBJJ bilan imzolangan shartnoma Muhammadga MMA faoliyati bilan bir qatorda greppling va jiu-jitsu musobaqalarida ham qatnashish imkonini beradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: