SportUz.Tv

Depay "Barselona"dan ketish borasida qaror chiqardi

15.01.2023 18:46    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" futbolchisi Memfis Depay katta ehtimol bilan yozda jamoadan ketadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, hujumchi qishdayoq jamoadan ketishni rejalashtirmoqda. Agarda barchasi reja bo'yicha ketsa, ikkinchi davrada "Atletiko" tarkibida o'ynaydi. Biroq u hali "Barselona"dan ketishni rahbariyat bilan kelishib olgani yo'q.

Klublar esa muzokaralar boshlashga tayyor. Yaqin bir haftada barchasi aniq bo'lishi kerak. Ushbu mavsumda Depay barcha turnirlarda 4 o'yinda 1 ta gol urdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: