
Unda yurak xuruji bo'lganligi gumon qilinmoqda, deya malum qildi "Zambian Observer".
24 yoshli Enok Mvepu to'satdan yiqilib qolgach, kasalxonaga olib ketildi. Mvepu yakshanba kuni ertalab mashina haydab ketayotganda o'zini yomon his qilgan. U mashinani to'xtatishga muvaffaq bo'lgan, shundan so'ng tushib, erga qulagan.
Mvepu "Brayton"ning eng istiqbolli o'yinchilaridan biri hisoblanardi, ammo 2022 yilning oktyabrida u irsiy yurak kasalligi tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi.
