SportUz.Tv

Futbolchi Atsu Turkiyada vayronalar ostidan o'lik holda topildi

18.02.2023 14:46    


Rasmni yuklab olish

Turkiyaning "Hatayspor" klubi va Gana terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Atsu zilzila oqibatida vafot etdi.

"Kristian Atsu topildi. Afsuski, u hayotdan ko'z yumdi", – dedi futbolchining agenti Murat Uzunmexmet.

31 yoshli futbolchi 6 fevral kuni Qahramonmarashda sodir bo'lgan zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan edi.

Atsu o'tgan kuzda "Hatayspor"ga o'tishdan oldin "CHelsi", "Nyukasl", "Portu", "Riu Ave", "Vitess", "Everton", "Malaga", "Bornmut" va "Al Raed" klublarida o'ynagan. U terma jamoa safida 60 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: