SportUz.Tv

PSJ Manchinini taklif qilmoqchi

29.03.2023 15:46    


Rasmni yuklab olish

PSJ Italiya termasi ustozi Roberto Manchiniga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqida La Repubblica xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko'ra, Italiya JCH-2022ga chiqa olmagani va Evro-2024 saralashining dastlabki uchrashuvlari Angliya hamda Maltaga qarshi u qadar ishonchli o'yin ko'rsatmagani tufayli murabbiy istefoga chiqarilishi mumkin.

Parijliklar italiyalik vaziyatini kuzatib bormoqda va Robertoga Kristof Galtening ehtimoliy o'rinbosari sifatida qaramoqda.

Eslatib qo'yamiz, Manchinining Italiya termasi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: