
"Manchester Siti"ga qarshi CHempionlar Ligasi 1/4 final birinchi o'yinidan so'ng (0:3) futbolchilar o'rtasida mushtlashuv kelib chiqqani xabar qilingandi. Bahs senegallik futbolchining germaniyalik hujumchining yuziga urib, labini yorishi bilan yakunlandi. Futbolchilarni tezda ajratib olishdi, shundan so'ng jamoa azolari Saneni kiyim almashtirish xonasidan olib chiqib ketishdi.
Manbaga ko'ra, klub uchta variantni ko'rib chiqmoqda: jarima, vaqtinchalik chetlashtirish yoki futbolchi bilan xayrlashish. Qayd etilishicha, senegallik myunxenliklar rahbariyati bilan allaqachon gaplashib bo'lgan va tez orada jamoadan uzr so'raydi.

Makgregor Xollouey bilan jang oldidan chiptalar sotuvi bo'yicha mutlaq rekordni yangilab qo'ydi