SportUz.Tv

“Barselona” yozda Trentni arzonroq narxda sotib olmoqchi

19.04.2023 13:23    


Rasmni yuklab olish

“Barselona” yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida “Liverpul”ning o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni sotib olmoqchi.

Team Talk  nashri xabar berishicha, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi allaqachon “Barselona” prezidenti Joan Laportga futbolchini sotib olishni so'rab murojaat qilgan. “Barselona” “Liverpul”ning 2023/24 yilgi Evrokuboklar mavsumini o'tkazib yuborishiga umid qilmoqda, bu esa kataloniyaliklarga futbolchini arzonlashtirilgan narxda sotib olishga yordam beradi.

24 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Liverpul” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 65 million evroga baholamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: