SportUz.Tv

Bugun Karim Benzema "Real"ga "Jirona" bilan o'yinda yordam bera olmaydi

25.04.2023 14:46    


Rasmni yuklab olish

Bugun bo'lib o'tadigan "Jirona"ga qarshi uchrashuvda "Qirollik klubi" Karim Benzema va Eduardo Kamavingasiz o'ynaydi.

Bu haqda Karlo Anchelotti xabar berdi. David Alabaning qaytishi 6 may kungi  "Osasuna"ga qarshi Kubok finalida ro'y berishi rejalashtirilgan. 

Hujumchi Rodrigo esa "Jirona"ga qarshi o'yinda ishtirok eta oladi. 

Ayni damda Ispaniya chempionati "Real" uchun ustuvor musobaqa deb bo'lmaydi, chunki peshqadam "Barselona" bilan farq 11 ochkoni tashkil etmoqda. Madridliklar Kubok va CHempionlar Ligasida chempionlik imkoniyatlarini saqlab qolishgan. 

"Jirona" – "Real" bahsi Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: