SportUz.Tv

Genrix Mxitaryan CHempionlar ligasi finaliga chiqqan birinchi arman

17.05.2023 14:23    


Rasmni yuklab olish

Inter yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan CHempionlar ligasining final bosqichiga chiqqan tarixdagi birinchi arman bo'ldi.

CHempionlar ligasi 1/2 finalining «Inter» va «Milan» o'rtasidagi javob uchrashuvida Simeone Indzagi shogirdlari raqiblarini (1:0) hisobida taslim etdi va ikki o'yin natijasiga ko'ra (3:0)finalga yo'l oldi.

«Qora-ko'klar» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan shu tariqa, evrokuboklarning eng nufuzli turniri final o'yinida ishtirok etgan ilk armaniyalik bo'ladi. Avvalroq Armaniston vakillari CHempionlar ligasi finalida maydonga tushmagandi.

Eslatib o'tamiz, 1/2 finalining birinchi uchrashuvida Genrix Mxitaryan gol urib, o'sha uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatgan edi.

CHempionlar ligasi finali Istanbulda 10 iyun kuni bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: