SportUz.Tv

"Milan"ni 8 nafar futbolchi tark etadi

20.05.2023 19:00    


Rasmni yuklab olish

"Rossoneri" jamoada kadrlar o'zgarishini rejalashtirmoqda.

"Milan"ning 8 nafar futbolchisi joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar bermoqda.

Avvalo, "qizil-qoralar" safini ijaradagi o'yinchilar – Aster VranksSerjino Dest va Temue Bakayokoni tark etishi mumkin. "Rossoneri" bu futbolchilardan birortasini sotib olish niyatida emas. "Milan" Braim Diasni saqlab qolmoqchi, ammo ispaniyalikning "Real"ga qaytishi ehtimoli bor.

Oldinroq Origi mavsum yakunida “qizil-qoralar”ni tark etishi haqida xabar berilgandi. U bilan birga Junior MessiasZlatan Ibragimovich va Fode Ballo-Ture ham ketishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: