SportUz.Tv

"Oktagondan tashqarida UFC’dagidan ham ko'proq daromad topmoqda". Xirn Tom Aspinall haqida gapirdi

25.06.2026 17:24    


Rasmni yuklab olish

UFC og'ir vazn toifasidagi chempion Tom Aspinall bilan hamkorlik qilayotgan promouter Eddi Xirn britaniyalik sportchining uning kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandan keyingi moliyaviy o'sishi haqida gapirdi.

"Hozir Tom UFC oktagoni tashqarisidagi reklama shartnomalaridan oktagon ichidagidan ham ko'proq pul ishlayapti. U tijoriy jihatdan etti xonali mablag'larni jalb qilishga ulgurdi — DAZN bilan kelishuv, Cloudbet bilan shartnoma, bugun elon qilinishi kutilayotgan yana bir hamkorlik, media chiqishlar va uning podkasti.

Uning ijtimoiy tarmoqlardagi ko'rsatkichlari va podkasti auditoriyasi juda katta raqamlarni ko'rsatmoqda.

Ammo shu shov-shuvlar orasida UFC rosteridagi eng ko'p muhokama qilinayotgan jangchilardan biri bor — bu Tom Aspinall. Bu fakt. Ha, biz uni targ'ib qilishimiz muhim, biroq UFC ham o'z ishini qilyapti, chunki ularning oldida katta jang turibdi: Siril Gan — Tom Aspinall. Bu UFC tashkil qilishi mumkin bo'lgan eng yirik janglardan biri.

Hozir Tom Aspinall UFC’ning eng katta yulduzlaridan biri hisoblanadi.

Aslida biz nafaqat Tom uchun, balki UFC uchun ham katta qiymat yaratyapmiz. CHunki agar bu jang amalga oshsa, ularning qo'lida haqiqiy super to'qnashuv bo'ladi", — dedi Xirn The Ariel Helwani Show YouTube kanalida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: