SportUz.Tv

Mourinyu "Roma" va "Manchester Siti"ning harajatlarini solishtirdi

21.05.2023 19:23    


Rasmni yuklab olish

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'z klubining "Manchester Siti" oldidagi moliyaviy imkoniyatlarini baholadi.

"Futbolchilarning jarohat olishidan zaxirasida 40-70 mlnlik futbolchilari bor jamoa aziyat chekmaydi. ECHL yarim finali javob o'yinida "Manchester Siti"ning zaxirasidan tushgan futbolchilarni qarang: Xulian Alvares, Fil Foden va Riyad Marez.

Agarda bizda 4-5 futbolchi safdan chiqsa, muammolar boshlanadi. Bu tabiiy. "Roma"da jarohatlangan futbolchilar bor va tekinga olib kelingan futbolchilar ularning o'rnini egalladi.

Biz 7 mln evro ishlatib, Evropa ligasi finaliga chiqdik. Menimcha bu ajoyib natija", - dedi Mourinyu.

"Roma" Evropa ligasi finalida 31 may kuni "Sevilya"ga qarshi o'ynaydi. O'tgan mavsumda rimliklar Mourinyu qo'l ostida Konferenciyalar ligasi g'olibi bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: