SportUz.Tv

Kamerun terma jamoasi Rossiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rad etdi

23.05.2023 13:46    


Rasmni yuklab olish

Xabarga ko'ra, Kamerun terma jamoasi iyun oyida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvidan bosh tortgan.

Afrika davlati hukumati milliy terma jamoaga rossiyaliklarga qarshi o'ynashni taqiqladi. Rossiya – Kamerun o'yini  15 iyun kuni "Lujniki" stadionida  bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.

Rossiya terma jamoasi tarixda Kamerun bilan ikki marta o'ynagan: 1994 yilgi Jahon chempionatida rossiyaliklar afrikaliklarni 6:1 hisobida mag'lub etishgan, jamoalar o'rtasidagi 2011 yilgi o'rtoqlik bahsi durang bilan tugagan – 0:0.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: