SportUz.Tv

"Manchester Siti" mavsumning "Eng yaxshi futbolchisi"ni elon qildi

13.06.2023 16:46    


Rasmni yuklab olish

Muxlislar ishtirokidagi so'rovnoma natijalariga ko'ra hujumchi Erling Xoland "Manchester Siti"ning 2022/23-yilgi mavsumdagi "Eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.

Norvegiyalik 53 ta o'yinda 52 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. SHuningdek, futbolchi APLning bir mavsumdagi gollari bo'yicha rekordni yangiladi.

Ikkinchi o'rin Kevin De Bryuynega nasib qildi. KDB jamoaning eng yaxshi assistenti bo'ldi (16 ta golli uzatma). Uchinchi o'rin esa himoyachi Natan Akega nasib qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: