SportUz.Tv

Messi: "Murabbiy bo'lishni xohlamasligimga ishonchim komil"

15.06.2023 11:23    


Rasmni yuklab olish

Lionel Messi futbolchi sifatidagi faoliyatidan keyingi kelajagi haqida gapirdi.

"Umuman, men doim murabbiy bo'lishni xohlamasligimni aytganman. Va kelajakda ko'p narsa o'zgarishi mumkinligini bilsam ham, men bu qarorim o'zgarmasligiga ishonchim komil.

Menga futbol ko'rish yoqadi. Ko'p o'yinlarni, turli jamoalarni ko'raman. Bolalarim bilan o'yin tomosha qilishni yaxshi ko'raman, ular ham buni yaxshi ko'rishadi. Bu oila bilan vaqt o'tkazishning bir usuli", – dedi Messi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettiradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: