SportUz.Tv

Braziliyalik futbolchi muxlislar tomonidan tajovuzga uchradi

06.07.2023 19:00    


Rasmni yuklab olish

"Korintians" yarim himoyachisi Luan seshanba kuni San-Pauluda muxlislar tomonidan hujumga uchradi, Braziliya klubi bu voqeani "nomard" tajovuzkorlik harakati deb tarifladi.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi ishqibozlar tomonidan moteldan sudrab olib chiqib ketilgan. Qayd etilishicha, o'yinchi engil jarohat olgan. Bu haqda uning Instagram sahifasiga joylagan suratidan bilib olish mumkin.

Luan "Korintians"ga 2020 yilda kelib qo'shilgan va klub safida 80 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: