SportUz.Tv

Agent Mbappe o'tishi mumkin bo'lgan 3 klub nomini aytdi

08.07.2023 18:46    


Rasmni yuklab olish

Futbol agenti Bruno Satin PSJ futbolchisi Kilian Mbappeni o'z tarkibiga qo'shib olishga moliyaviy tomondan qurbi etadigan 3 klub nomini aytdi.

"Uning transfer summasi 200 mln evrodan kam bo'lmasa kerak. Faqatgina "Real", "Manchester Siti" va "Nyukasl" kabi klublar uni o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Hozircha Madrid klubi futbolchi uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Ingliz klublari esa unga xaridor bo'lishmayapti", – dedi agent "L`Equipe" nashriga.

Mbappening shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: