SportUz.Tv

"Kalyari"ning SHomurodov uchun qancha to'lashi malum

24.07.2023 16:23    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov "Kalyari"ga o'tishga yaqin.

Manbaga ko'ra, sardiniyaliklar 28 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishadi.

SHomurodov uchun 1 million evro to'lanadi, uni sotib olish huquqi esa 9 million evroni tashkil etadi. Hujumchining maoshining teng yarmini "Roma"ning o'zi to'lab beradi.

Forvard 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Speciya"da o'tkazgandi. U o'tgan mavsum 24 ta o'yinda 2 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: