SportUz.Tv

Bogdan Guskov: Ankalaevga unchalik ham oson bo'lmadi

28.07.2026 13:30    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik UFC top jangchisi Bogdan Guskov so'nggi jangini esladi.

Xamyurtimiz 25 iyul kuni Abu-Dabi mezbonligidagi UFC Fight Night 282 turniri asosiy jangida rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaevga beshinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.

«Birinchi raundda Ankalaev o'ng qo'limga yaxshi midl-kik yo'lladi. SHu  zarba asab tizimimga biroz tasir qildi. Qo'lim ishdan chiqmadi, lekin qattiq zarbani his qildim. Bu biroz chalg'itdi, asosiy qurolimdan foydalana olmadim. Ikkinchi raundda o'tib ketadi deb o'ylagandim, ammo bunday bo'lmadi. Jang shaxmat partiyasiga o'xshab qoldi. Ikki kontr-pancher bir-birini tutishga harakat qildi. Hali jangni qayta ko'rganim yo'q, lekin o'ylashimcha, u juda zerikarli chiqqan. Men UFC'da atigi ikki yildan beri jang qilaman va endi shunday raqibga qarshi chiqdim. U Rossiyada ham, keyin UFC'da ham o'zini ko'rsatgan, chempion bo'lgan. Jangchi nuqtayi nazaridan qaraganda, bellashuv normal o'tdi. Magomedga juda oson bo'ldi, deb hisoblamayman. Men ham ayrim vaziyatlarda zarbalarimni o'tkaza oldim.

Besh raundlik jang uchun tayyorgarlikni o'rgandim. Hakam jangni biroz erta to'xtatdi. Men g'alaba haqida emas, balki oxirigacha chidamli bo'lganim haqida gapiryapman. Maga meni finish qila olmasdi. Hakamga baqirdim: «Nega menga oxirigacha ishlashga imkon bermading?» Men uch raundlik jangga tayyorlangandim va ularni yaxshi o'tkazdim. Bu erda esa besh raund va shunday raqibga qarshi atigi 11 kunlik tayyorgarlik bo'ldi. Menimcha, hech qanday katta narsa yo'qotganim yo'q», deydi Guskov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: