SportUz.Tv

CHempionlar ligasida guruh bosqichining barcha ishtirokchilari malum, bugun qura!

31.08.2023 11:23    


Rasmni yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi aniq bo'ldi.

Guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Qura tashlash jarayoni bugun Monakoda, Toshkent vaqti bilan 21:00da o'tkaziladi. Guruh bosqichida 26 jamoa to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi, 6 jamoa esa saralashdagi g'alaba orqali etib kelgan.

Qura oldidan savatchalar quyidagicha: 

1-savatcha: «Napoli» (Italiya), «Barselona» (Ispaniya), «PSJ» (Franciya), «Bavariya» (Germaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «Feyenoord» (Niderlandiya), «Sevilya» (Ispaniya), «Benfika» (Portugaliya);

2-savatcha: «Real» (Ispaniya), «Portu» (Portugaliya), «Borussiya» Dortmund (Germaniya), «RB Leypcig» (Germaniya), «Atletiko» (Ispaniya), «Inter» (Italiya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Arsenal» (Angliya);

3-savatcha: «SHaxtyor» (Ukraina), «Red Bull Zalcburg» (Avstriya), «Milan» (Italiya), «Braga» (Portugaliya), «Lacio» (Italiya), «Crvena Zvezda» (Serbiya), «Kopengagen» (Daniya), PSV (Niderlandiya);

4-savatcha: «Antverpen» (Belgiya), «Seltik» (SHotlandiya), «Galatasaroy» (Turkiya), «Yang Boyz» (SHveycariya), «Lans» (Franciya), «Real Sosedad» (Ispaniya), «Union» Berlin (Germaniya), «Nyukasl» (Angliya).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: