
Aleksandr Usik WBC, WBA va IBF chempionlik kamarlaridan voz kechganidan so'ng, ushbu yo'nalishlarda yangi chempionlarni aniqlash jarayoni boshlandi. Vakant, yani bo'sh qolgan IBF chempionlik kamari atrofida ham turli taxminlar paydo bo'lmoqda.
Hozirgi vaziyatda kubalik Frenk Sanches IBF reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi va chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. Xorij matbuotidagi xabarlarga tayanadigan bo'lsak, tashkilot qoidalariga asosan, Sanches bo'sh qolgan kamar uchun jang qilish imkoniyatiga ega.
Unga o'zbekistonlik ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni Bahodir Jalolovning mazkur chempionlik jangida raqiblik qilishi haqida muhokamalar kuchaydi. Professional faoliyatida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan Jalolov so'nggi bahsida xorvatiyalik Agron Smakichini texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Biroq ayni paytda Bahodir Jalolov va Frenk Sanches o'rtasida IBF kamari uchun jang o'tkazilishi bo'yicha rasmiy qaror qabul qilinmagan. Ayrim manbalarga ko'ra, IBF birinchi raqamli davogar Sanchesga Mozes Itauma – Filip Xrgovich juftligi g'olibi bilan chempionlik jangini tashkil etishi mumkin.
Ammo taxmin qilishlaricha, Frenk titul uchun bahsda IBF reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan hamyurtimiz bilan bahs olib borishi ehtimoli yuqori.
Iyun oyi holatiga ko'ra IBF reytingi:
1. Frenk Sanches (Kuba)
2. Vakant
3. Mozes Itauma (Buyuk Britaniya)
4. Filip Xrgovich (Xorvatiya)
5. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya)
6. Bahodir Jalolov (O'zbekiston)
7. Tayson Fyuri (Buyuk Britaniya)
8. Fabio Uordli (Buyuk Britaniya)
9. Deontey Uaylder (AQSH)
10. Richard Riakpore (Buyuk Britaniya).
Malumot uchun, Xrgovich va Itauma 29 avgust kuni o'zaro bahs olib borishadi.

Nursulton Ro'ziboev kechagi g'alabasidan so'ng Xoakin Bakli bilan revansh haqida gapirdi