
Kabayel (27-0, 19 KO) endi WBC'ning rasmiy super og'ir vazn chempioni hisoblanadi.
33 yoshli Agit o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Aleksandr Usikning qarorini hurmat bilan qabul qilganini takidladi.
Kabayel vaqtinchalik chempionlik kamarini CHjan CHjiley va Damian Knibani muddatidan avval mag'lub etgan holda ikki marta muvaffaqiyatli himoya qilib, shundan so'ng Usik bilan birlashtiruvchi jang o'tkazishga davogarlik qilib kelayotgan edi.

Avvalroq Turki Al ash-SHayx Usikning chempionlik kamarlarini yana bir bor himoya qilishi, bu safar yil oxirida Germaniyadagi to'lib-toshgan futbol stadionida jang tashkil etishni rejalashtirgan edi. Biroq o'tgan oyda Riko Verxuvenga qarshi bahsdagi ishonchsiz chiqishi ortidan 39 yoshli bokschining kelajagi bo'yicha turli savollar paydo bo'ldi.
Kabayel The Ring nashriga bergan intervyusida Usik va Verxuven o'rtasidagi jang natijasini sabr bilan kutishini aytgan edi. Biroq Misrdagi o'sha uchrashuvdan bir oy o'tar-o'tmas, u tarixiy yutuq sohibi sifatida etirof etildi.
Nursulton Ro'ziboev kechagi g'alabasidan so'ng Xoakin Bakli bilan revansh haqida gapirdi