
U 5 iyul kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida o'tkaziladigan ACBJJ 21 turnirida braziliyalik Elvis Brenerga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 80 kilogramm vazn toifasida greppling qoidalari asosida tashkil etiladi.
Bu ikki sportchining o'zaro o'tkazadigan ikkinchi bahsi bo'ladi. Ular 2023 yil fevral oyida UFC 284 turnirida oktagonda to'qnash kelgan bo'lib, o'shanda Brener qizg'in kechgan uch raund yakunida hakamlarning bo'lingan qarori bilan g'alaba qozongan edi.
SHuningdek, ACBJJ 21 turniri dasturidan bir nechta qiziqarli qarama-qarshiliklar ham o'rin olgan. Turnirda Zabit Magomedsharipov, Rinat Faxretdinov, Raul Rosas, Armen Petrosyan, Brendon Allen va Yusuf Raisov kabi mashhur jangchilar ham ishtirok etishi kutilmoqda.
