SportUz.Tv

MYU kelasi yozda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

14.09.2023 15:46    


Rasmni yuklab olish

Mankunianlar jamoani kuchaytirish ustida ishlamoqchi.

"Manchester Yunayted" kelasi yozda o'z tarkibiga o'zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Manchester Evening News" nashri xabar berdi. MYU 4 nafar yangi futbolchini safiga qo'shib olmoqchi. Mankunianlarga qanot va markaziy himoyachi, xavbek va hujum chizig'i uchun futbolchi kerak.

SHuningdek, sotuvlar ham mavjud. Meyson Grinvud "Manchester Yunayted" safida boshqa o'ynamaydi. Vingerlar Jeydon Sancho va Antonining kelajagi so'roq ostida. Hujumchi Antoni Marsyal bilan vaziyat ham xuddi shunday.

Himoyachi Harri Maguayr va yarim himoyachi Skott Maktominey kelasi yozda "Yunayted"ni tark etishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: