
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, SHarof Muhitdinov tez orada "Paxtakor" mashg'ulotlariga qo'shiladi va jamoa bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolaydi. Uning "Nasaf" bilan shartnomasi 2020 yil oxirida yakuniga etgandi.
Eslatib o'tamiz, 11 dekabr kuni saytimizda futbolchiga "Paxtakor" jiddiy qiziqayotgani haqida xabar chiqqandi. SHota Arveladzening jamoani tark etishi bu transfer amalga oshishini biroz cho'zilishiga sabab bo'ldi.
Malumot uchun, SHarof Muhitdinov "Nasaf" akademiyasi tarbilanuvchisi hisoblanadi va futbolchi qarshiliklar tarkibida turli poziciyalarda o'ynagan. Aslida markaziy yarim himoyachi hisoblangan Muhitdinov bir vaqtning o'zida ham chap qanot himoyachisi, hujumkor vinger va maydon markazida harakatlanishi mumkin.

Bogdan Guskov Ankalaevdan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Hech narsadan afsuslanmayman"
Ankalaev tanqidlarga munosabat bildirdi: "Jangning zerikarli o'tishi menga bog'liq emasdi"
Karlos Ulberg yarim og'ir vazn toifasi uchun saralash turniri o'tkazishni taklif qildi