SportUz.Tv

OFKning 4 mamlakati Saudiya Arabistoni bilan JCH-2034 mezbonligi uchun kurashmoqchi

11.10.2023 20:23    


Rasmni yuklab olish

U-17 Jahon chempionati mezboni Indoneziya tashabbuskorlardan biri sanaladi.

2034 yilgi Jahon chempionati mezbonligi uchun Osiyo futbol konfederaciyasining to'rt mamlakati — Indoneziya, Avstraliya, Malayziya va Singapur birgalikdagi nomzodini ilgari surishga tayyorligini malum qildi.

"Hozir Avstraliya bilan muzokara olib boryapmiz", — dedi Indozeniya futbol associaciyasi etakchisi Erik Tohir. 

— Malayziya va Singapurga tashrif buyurganimda, ikki mamlakat ham ushbu taklifga qo'shilish istagini bildirdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni 2034 yilgi mundial mezbonligini ilgari surgandi. FIFA Avstraliyaga esa o'z nomzodini qo'yish-qo'ymaslik borasida yakuniy javob uchun 30 oktyabrga qadar muddat belgilagandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: