SportUz.Tv

Futzal. Osiyo Kubogi-2024 ishtirokchilari malum bo'ldi

14.10.2023 16:46    


Rasmni yuklab olish

Futzal bo'yicha 2024 yilgi Osiyo Kubogida qatnashadigan 16 terma jamoa nomi aniqlandi.

Tailand mezbonlik qiladigan turnirda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi mamlakatlar ishtirok etadi: Tailand, Xitoy, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Vetnam, Koreya Respublikasi, Myanma, Tojikiston, Kuvayt, Bahrayn, Iroq, O'zbekiston, Yaponiya, Avstraliya.

Guruh bosqichiga 14 dekabr kuni qura tashlandi. Jamoalar 4 ta savatchaga bo'lingan:

1-savatcha: Tailand (mezbon), Yaponiya, Eron, O'zbekiston;

2-savatcha: Tojikiston, Vetnam, Kuvayt, Saudiya Arabistoni;

3-savatcha: Iroq, Bahrayn, Koreya Respublikasi, Myanma;

4-savatcha: Qirg'iz Respublikasi, Afg'oniston, Avstraliya, Xitoy.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi Jahon chempionati O'zbekistonda o'tkaziladi. Mazkur musobaqaning eng yaxshi to'rt mamlakati ham ushbu turnirga yo'llanmani qo'lga kiritadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: