SportUz.Tv

FIFA reytingi elon qilindi: O'zbekiston Osiyoda 9-jamoaga aylandi

30.11.2023 19:23    


Rasmni yuklab olish

FIFA rasmiy sayti milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini malum qildi.

O'tgan oyga nisbatan kuchli beshlikda o'zgarish mavjud. Masalan, Angliya to'rtinchi o'rindan uchinchi o'ringa, Belgiya beshinchi pog'onadan to'rtinchi pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa, Braziliya beshinchi o'ringa tushib ketgan. 

Srechko Katanec boshqaruvidagi O'zbekiston MTJ dunyo reytingida 5 pog'ona yuqorilab, 68-o'ringa joylashgan, Osiyoda esa 9-o'ringa ko'tarilib olgan. 

FIFA talqinida TOP-10 talik:

1. Argentina   

2. Franciya      

3. Angliya       

4. Belgiya        

5. Braziliya     

6. Niderlandiya 

7. Portugaliya 

8. Ispaniya  

9. Italiya 

10. Xorvatiya  


Osiyo bo'yicha TOP-10 talik:

1. Yaponiya

2. Eron

3. Koreya Respublikasi

4. Avstraliya

5. Saudiya Arabistoni

6. Qatar

7. Iroq

8. BAA

9. O'zbekiston

10. O'mon

Ushbu havola orqali to'liq reyting bilan tanishishingiz mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: