SportUz.Tv

Gvardiola APLda 250 ta g‘alabani eng tez qo‘lga kiritgan murabbiy bo‘ldi — u Fergyusonni ortda qoldirdi

06.10.2025 07:24    


Rasmni yuklab olish

«Manchester Siti» Angliya chempionatining 7-turida «Brentford»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija Xosep Gvardiola uchun APLdagi 250-g‘alabasi bo‘ldi.

Ispaniyalik mutaxassis bu ko‘rsatkichga 349 o‘yinda erishdi — bu Angliya chempionati tarixi uchun rekord natija hisoblanadi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Bundan avvalgi rekord "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga tegishli edi — u 250 g‘alabaga 404 o‘yinda erishgan.

Uchinchi o‘rinni esa «Arsenal»ni boshqargan Arsen Venger egallab turibdi — u bunday natijaga 423 uchrashuvda yetgan.

Bundan tashqari, Gvardiola APLda eng yuqori g‘alaba foizi (71,6%) ko‘rsatkichiga ham ega. Ikkinchi o‘rinda — Aleks Fergyuson (65,2%), uchinchida esa «Chelsi» va «Tottenhem»ni boshqargan Antonio Konte (62,9%) joylashgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: