SportUz.Tv
iks
ads

UFC 333: Ramazon Temirovning Lone Kavanaga qarshi jangi Toshkent vaqti bilan soat nechada boshlanadi?

24.10.2026 17:18    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik o'ta engil vazn jangchisi Ramazon Temirov bugun, 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida o'tadigan UFC 333 turnirida britaniyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga chiqadi.

Temirov va Kavana o'rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 25 oktyabrga o'tar kechasi, taxminan soat 00:15 da boshlanishi kutilmoqda.

Jangning to'g'ridan-to'g'ri translyaciyasi Setanta Uzbekistan platformasida namoyish etiladi.

Ramazon Temirov MMA’dagi faoliyati davomida 20 ta g'alaba va uchta mag'lubiyat qayd etgan. Lone Kavana hisobida esa 10 ta g'alaba va ikkita mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: